ANVAR OBIDJON

«She'rlar»



I

Bitta shoir kamaysa ...
Sizlarga ...
Yaxshi tushlar ko'ring ...
Ko'zlarim mast
Ko'zlaring mast
Shayton dedi ...
Men xudo emasman ...
HAZIL
ABDULHAMID CHO'LPONNING TUSHIMDA O'QIGAN SHE'RI
Bobonga uhshamagin ...
O'zing but qil
Uchrashmaymiz endi
Bu itlarni
Uchrashmaymiz endi
Shayton
Alloh dargohi
XATO QILISHINGNI KUTARLAR
ARSLON CHORLAGANDI...
OHU

G`ANIM BO`LOLMASMIZ
MEN BORMAN
IKKI SONIYA
SOG'INCH

Tilla baliqcha
«На синем — темно-розовый закат...»
«Туго сложен рот твой маленький...»
Сонет («Следила ты за играми мальчишек...»)
«Я не знаю моих предков, — кто они?..»
«К чему узор расцвечивать пестро?..»
Екатерине Гельцер
«Кипящий звук неторопливых арб...»
Триолеты

«Как милый голос, окрик птичий...»
«Как в истерике, рука по гитаре...»

Рондель («Она поет: «Аллаверды...»)
Гадание
«Должно быть, голос мой бездушен...»

V

Сафические строфы («Эолийской лиры лишь песнь заслышу...»)
«Люблю в романе все пышное и роковое...»
Сафические строфы («Слишком туго были зажаты губы...»)
«Он в темных пальцах темную держал...»
Рондо («Я вспомню все. Всех дней, в одном безмерном миге...»)
«Журавли потянули к югу...»
«Да, я одна. В час расставания...»
«Снова на профиль гляжу я твой крутолобый...»
«Что мне усмешка на этих жестоких устах!..»
«Причуды мыслей вероломных...»
«Ни утоленности, ни жажды...»
«Твои следы в отцветшем саду свежи...»
Рондо («Ужель конец? Глаза ненасытимы...»)
«Он ходит с женщиной в светлом...»
«В земле бесплодной не взойти зерну...»
Алкеевы строфы
«Окиньте беглым, мимолетным взглядом...»




 

 

Bitta shoir kamaysa ...

Bitta shoir kamaysa nima,
Charx yaratar boshqa nusxasin.
Cho'kib ketsa to'fonda kema,
Pishiqrog'in yasar ustasi.

 

To'fonlardan seskanma, qalbim,
Qayiqlardek suzma qirg'oqlab.
Kemaman deb ummonga talpin,
Yuz baloga o'zingni chog'lab.

 

Qayiqlarda - ilinj va xohish,
Kemalarda - orzu va maqsad.
Bugun senda bir olam tashvish,
Gal kelganda o'zingni ko'rsat.

 

Yo tilib o't dovulning ko'ksin,
Yo kemadek g'arq bo'l izzatda.
Unutmagil - qayiqlar cho'ksa,
Olinmaydi hatto ro'yxatga...

 

To'fonlardan seskanma, qalbim!
1980 yil.





Sizlarga


Sizlarga
gul tutaman,
suv uzataman,
nonimni beraman.
Kulbamda
ortiqcha joy ham bor.

 

Faqat
tanklarda kelmang.
1978 yil.

 



       Yaxshi tushlar ko'ring malikam


Yaxshi tushlar ko'ring, malikam,
Tushingizga kirsin ohular.
Uyg'onsangiz, o'kinchdan har dam
Dilga yana tomar og'ular,


Yaxshi tushlar ko'ring, malikam.

Og'ulardan yasab bo'lmas bol,
Behudadir umid, iltijo,
Balki Sizni ko'rsatib uvol,


Atay ma'sum yaratgan xudo,
Yaxshi tushlar ko'ring, malikam.

Turibman-ku xudodan pastda,
Qarshingizda bukkancha tizni.


Tushingizda ohular asta
Og'ushimga boshlasin Sizni,
Yaxshi tushlar ko'ring, malikam.

Og'ushimdan boqarkansiz jim,


Charaqlaydi ko'kda zuhrangiz.
Ko'zlarimda aks etar bir zum
Xayollarga asir chehrangiz,
Yaxshi tushlar ko'ring, malikam.

 

Chahrangizga suqlangan onim,
Aylanaman bedoringizga.
Tanamni tark etolmas jonim,
To'ymas bo'lsam diydoringizga...


Yaxshi tushlar ko'ring, malikam.
1979 yil.


* * *


 





                  Ko'zlaring mast

Ko'zlaring mast,
Kokiling shodon,
Gap boshlading dilkash, mehribon.
O'zni buncha tutyapsan yaqin...
Erga tekkan bo'lmagin tag'in?!
1978 yil.

Shayton dedi ...

          Shayton dedi
Bahslashib birdan:
"Ishq otashin qo'sh-chi qoningga!"
Sevgi bog'in panjarasidan
Oshib tushdim shunda yoningga.

 

Qochma gulro'
Tutib olaman,
Endi yo'lim to'solmas birov.
Vaslingni ham yutib olaman,
Shayton bilan o'ynasam garov.


1973 yil.

Men xudo emasman ..

Men xudo emasman,
Menga baribir,
Shart emas qarshimda bermog'ing javob.
O'zim vasl jannatin tilanib axir,
Ishq degan do'zaxda chekyapman azob.

 

Balki ko'p dillarga bergandirsan zeb,
Avvalgi gunohlar o'zing bilgan sir.
Ishontir yaxshisi farishtaman deb,
Men xudo emasman,
Menga baribir.
1974 yil.


 Navoiyga uhshash uchun

 

Navoiyga o'xshash-chun
Patdan qalam yo'ndirdim.
Chopon kiydim sal uzun,
Boshga salla qo'ndirdim.
Sotib oldim bir juft sham,
Vazirbop par yostiqcha...
Endi faqat talant kam
Va... xotin ham ortiqcha.


1974 yil.

 

 

ABDULHAMID CHO'LPONNING
TUSHIMDA O'QIGAN SHE'RI

Rahmon Qo'chqorga
Do'st bo'lib kelganga saxovati naqd,
Yurtimning bag'ri keng,
Jo bo'lar har kim.
O'zbek zoti biroq juda katta xalq,
Qullik zindoniga sig'maydi xalqim.

 

Ey, yurtim g'animi,
Kelma tig' ushlab,
Iljayma og'uni yashirib yengga.
Bilasan, yurtimga ilk qadam tashlab,
Eng oldin yuzma-yuz bo'lishing menga.

 

Yot uzatgan nonda ne sir yashirin,
Hammadan ilgari shoir sezadi.
Shu bois
Keltirsa qullik zanjirin,
Quldor, shoir ovlab, o'lka kezadi.

 

Balki aysh surarsan
Shilib terimni,
Bo'g'zimdan sug'urib olarsan jonni.
Mendan ololmaysan lekin she'rimni,
Ololmaysan suvi turk Turkistonni.

 

Bu yurt - onam
Va u tunu ertalab
Qotilimga o'chkor nigoh tashlaydi.
She'rlarim birma-bir xanjar o'qtalib,
To'rt tomondan seni qurshay boshlaydi.

 

Shoiri bor yurtlar qolmagay yakka,
El qilichi sinsa,
Shoir qalqondir.
Har she'ri do'nar ming jangchi o'zbekka,
Jamlangan sh'erlarin O'zbekistondir.

 

Qarg'ish ummoniga bo'lmay turib g'arq,
Ey g'anim,
Jimgina qaytarsan balkim.
Ming urug'li o'zbek juda katta xalq,
Qullik zindoniga sig'maydi xalqim.


2001 yil.

 

Bobonga ushshagin dedilar

Bobongga o'xshamagin, dedilar,
tajangroq edi bobosi.
Dadangga o'xshamagin, dedilar,
cho'rtkesar edi dadasi.


Akangga o'xshamagin, dedilar,
qiziqqon edi akasi...

Opasiga tortdi
o'sha yigit.


1980 yil.


      O'zing but qil

O'zing but qil,
O, Tangrim,
Erkaklarning kamini...
Erkaklarga qo'yib ber
Xotinlarning g'amini.


1973 yil.


Uchrashmaymiz endi ...

Uchrashmaymiz endi zaminda,
Ko'rishmaymiz qiyomatda ham.
Bilaman, eng alamli kunda
Eslagaysan nomimni, sanam.

 

Mushtoqlaring kamaygan sayin,
Sog'inarsan kutishlarimni.
Itingga non tashlab atayin,
"Qoplonjo-o-n", deb o'tishlarimni.

 

Loqaydlanib so'rsalar holing,
Tashna ko'zlar tushar yodingga.
Unut bo'lgan hazin timsolim
Yana ma'no kelar oldingga.

 

Shan tuyg'ungdan bicharlar qayg'u,
Lablaringda bo'zaradi dard.
Qayg'ungdan ham izlab men tuyg'u,
Dudog'ingga qo'ndirmasdim gard.

 

Yiroq ketar bo'ldim qahringdan
Va unutdim seni bemotam.
Uchrashmaymiz endi zaminda,
Ko'rishmaymiz qiyomatda ham.
1976 yil.




Bu itlarni

Bu itlarni,
Begoyim,
G'ajiydigan shashtim bor.
Olaparga o'chkorman,
Qoplondayam qasdim bor.

 

Rashkim kelar
Goh ular -
Qo'lingizni yalashsa...
Nahot endi Sizni men
Itlar bilan talashsam?!
1982 yil.


 

 


Qaytish


So'lg'in g'uncha edim men,
Sizni ko'rib ochildim.
Kamalakning o'qidek
Bag'ringizga sanchildim.

 

Keldim yo'lda toliqib,
Qolar bo'lsam tez uxlab,
Sochlaringiz uyg'otsin
Yuzlarimdan qitiqlab.


1978 yil.






Ketmoqdaman




SHAYTON


 




ALLOH DARGOHI

 

 



XATO QILISHINGNI KUTARLAR


 





ARSLON CHORLAGANDI...

.





OHU


 



G`ANIM BO`LOLMASMIZ


 



MEN BORMAN

 



IKKI SONIYA




SOG'INCH



 


Tilla baliqcha


.


==========





==========





СОНЕТ



==========




==========




ЕКАТЕРИНЕ ГЕЛЬЦЕР

 



==========



ТРИОЛЕТЫ





==========



РОНДЕЛЬ

 


ГАДАНИЕ



==========



V

 

САФИЧЕСКИЕ СТРОФЫ




==========


Люблю в романе все пышное и роковое:
Адский смех героинь, напоенный ядом клинок...
А наша повесть о том, что всегда нас — двое,
Что, друг к другу прильнув, я одна и ты одинок.

Э, как таинствен герой романтически-тощий,
С томной бледностью щек, с разлетом суровым бровей!
И есть ли тайна скучнее нашей и проще:
Неслиянность души с душою, возлюбленной ей.


САФИЧЕСКИЕ СТРОФЫ





==========





РОНДО





==========




==========






==========





==========


Что мне усмешка на этих жестоких устах!




==========


Причуды мыслей вероломных




==========


Ни утоленности, ни жажды



==========


Твои следы в отцветшем саду свежи, —



РОНДО

Ужель конец? Глаза ненасытимы,



==========


Он ходит с женщиной в светлом, —



==========


В земле бесплодной не взойти зерну,



АЛКЕЕВЫ СТРОФЫ