ABDULLA ORIPOV

ЂShe'rlarї



I

Uqtirish
XATOLARING KERAK ULARGA
Dunyoni yolg'on ...
Birinchi muhabbatim
Dorboz
Ishonch ko'priklari
Husumat
Ketmoqdaman
Xayrlashuv
Sen bahorni sog'inmadingmi
O'zbekiston
DUNYONI QIZG'ANMA
ONAJON

Shoir yuragi
Ketmoqdaman
Shayton
Alloh dargohi
XATO QILISHINGNI KUTARLAR
ARSLON CHORLAGANDI...
OHU

G`ANIM BO`LOLMASMIZ
MEN BORMAN
IKKI SONIYA
SOG'INCH

Tilla baliqcha
Keksa muhojir
Aql haqida
QaldirgТoch
Sizni uchratguncha
Taassurot
Har gal ayomlarni
Oqshomdan boshlangay
Mard boТlsang
Soch hah toТkilmoqda Е

Bir dono Е
Azaliy haq Е

V

ZoТr armon
Savob
Zamin aylanadi ...
Yashasang dunyoda ...
Bog'bon
Ђ∆уравли пот¤нули к югу...ї
Ђƒа, ¤ одна. ¬ час расставани¤...ї
Ђ—нова на профиль гл¤жу ¤ твой крутолобый...ї
Ђ„то мне усмешка на этих жестоких устах!..ї
Ђѕричуды мыслей вероломных...ї
ЂЌи утоленности, ни жажды...ї
Ђ“вои следы в отцветшем саду свежи...ї
–ондо (Ђ”жель конец? √лаза ненасытимы...ї)
Ђќн ходит с женщиной в светлом...ї
Ђ¬ земле бесплодной не взойти зерну...ї
јлкеевы строфы


 

 

UQTIRISH


Unga uqtirdilar,
Oqni qora deb.
Chunki bir qorani,
Oqlash lozim edi.

 

Unga uqtirdilar
Toqni Ц bu juft, deb,
Chunki bitta juftni
Toqlash lozim edi.

 

Unga uqtirdilar
QingТir toТgТri, deb,
Chunki bir qingТirni
Yoqlash lozim edi.

 

1987


XATOLARING KERAK ULARGA


Shundaylar bor,senga lutf aylab,
DoТstman, deya senga qoТlin tutarlar.
Lekin har zum qadaming poylab,
Xato qilishingni kutarlar.

 

Xato qilsang, ularga bayram,
YoТqsa, zahru zaqqum yutarlar.
Mayli, jindek, zarra boТlsa ham,
Xato qilishingni kutarlar.

 

Xatolaring kerak ularga,
Shox Ц navdangn darhol butarlar
TagТin kunni ulab tunlarga,
Xato qilishingni kutarlar.

 

Axtarurlar hamisha illat,
Etti pushting goТrin titarlar.
Faqat unma, ulgТayma faqat,
Xato qilishingni kutarlar.

 

Ular senga bir umr yoТldosh,
Sodiq hamroh kabi oТtarlar.
Qabring uzra egsalar ham bosh,
Xato qilishingni kutarlar.





        * * *

Dunyoni gТalati yurigТiga boq,
Kimga aysh tashnayu, kimga dor mushtoq.
Lekin hammasidan maТno bittadir:

Qurbon oldin ketar, jallod keyinroq

1991 yil

 

Birinchi muhabbatim

Dunyo degan shundayin anglab boТlmas sir ekan,
Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan,
Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan,
Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim,
Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim

 

Holbuki orzulardan judo ham boТlganim yoТq,
Yuduzday kuyganim yoТq, oy kabi inganim yoТq.
Erta xazon gul kabi sargТayib, soТlganim yoТq,
Seni eslab yigТlayman, birinchi muhabbatim,
Eslab bagТrim tigТlayman, birinchi muhabbatim.

 

YoТlin yoТqotsa odam Ц muhabbatga suyangay,
GТussaga botsa odam Ц muhabbatga suyangay,
Chorasiz qotsa odam Ц muhabbatga suyangay,
Men kimga suyangayman, birinchi muhabbatim,
Faqat eslab yongayman, birinchi muhabbatim,


Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim,
Sirli tushlar koТrib men bor dunyoni unutdim,
Tongda turib nomingga ushbu sheСrimni bitdim,
Dildagi oxim mening, birinchi muhabbatim,
YolgТiz ollohim mening, birinchi muhabbatim.





††  † † † † † † † DORBOZ

 

Bulutlarga yondosh, osmon ostida,
Kiprikdagi yoshday turibdi dorboz,
Qilichning damiday arqon ustida
KoТzlarini yumib yuribdi dorboz.

 

Odamlar, odamlar, uni olqishlang,
Qarang, u naqadar epchil va oТktam,
Biz-chi, ehЕ† baСzi koТzi ochiqlar

Eplab yurolmaymiz katta yoТlda ham




††††  † †  ISHONCH KOТPRIKLARI

 

Yuzdan parda ketsa,
Dildan diyonat,
Mehr rishtalari zimdan uzilsa;
Yuraklarni bossa shubha, xiyonat,


Ishonch koТpriklari buzilsa;

Yetimlar haqidan qoТrqmasa birov,
SoТqmoqqa aylanib ketsalar yoТllar:
Qiblagohlar osiy, tugТishganlar yov,


GТaznalarga choТzilsa qoТllar;

Bolalar ruxiga xayot degan dars
Manmanlik urugТin joylasa;
Oshiqlar koТchada maСshuqin emas,


Kimningdir qadamin poylasa;

Elning shoirlari gТanim zotlar kabi
Bir-birlarin gТajib yesalar;
Minbarlarga chiqsa koТcha Ц koТyning gapi,


Andishani qoТrqoq desalarЕ

Bunday yurtda endi qirgТin shart emas,
Vabo ham qochadi undan yiroqqa;
Hatto daryolari qurir basma-bas,


Hatto tuproqlari tushar titroqqa,

Xalqim, bundaylarni koТrgansan azal,
KoТp chekkansan ular ozorin, dogТin.
Sen yengib oТtgansan, lekin har mahal,
Xalqim, topinaman oТzingga tagТin.




XUSUMAT

Dunyoning bori shu,
Har qanday zot ham,
Aybin olavermas boТyniga,
Balki, shu boisdan, qanchalar odam,


Tosh solib yuradi qoТyniga.

Xusumat, deydilar, ushbuning otin,
Dastidan yigТinlar, uylar bezovta.
Bezovtadir hamma oshkor yo botin,


Azalar bezovta, toТylar bezovta.

Har holda boТlmagay qiyomat qoyim, Bularning koТplari quruq savlatlar.
Yomondir, yomondir, qoТyniga doim,


Tosh solib yursa doim davlatlar.

Gar ular yursalar kuchin pesh qilib,
Kim tinglar zaminning dardli naСrasin. Mayda toshchalar Ц ku oТtar ishqilib,
Uning kattasidan Xudo asrasin.


                 KETMOQDAMAN

 

Yaxshi qol, ey, dilbarim, dilda kadar, ketmoqdaman,
Ishq aro endi holim zeru zabar ketmoqdaman.

 

Na ishonchu na quvonchu na ko'ngildan gapni och,
Barchasidan ushbu kun yo'qdir samar, ketmoqdaman.

 

Men quyosh yuzlimga deb, tun-kechalar berdim yurak,
Oqibat otganda tong qondir jigar, ketmoqdaman.

 

Necha kunlar o'tdi, lekin so'rmading holimni bir,
Oxirida hol so'rab kelsang magar, ketmoqdaman.

 

Kelganimda dedilarki, bu yigit koni zarar,
Ketmagimdan, oxir ayt, bormi zarar, ketmoqdaman.

 

Bilmadim, hech bormikin asli dardimga shifo,
Xasta bu Abdulladan olgin xabar, ketmoqdaman.



XAYRLASHUV

Xayr, ey, bearmon kezgan qirlarim,
Xayr, ey, yiroqqa qochgan soСqmoqlar.
Xayr, ey, maskanim - tuqqan yerlarim,
Xayr, ey, sahrolar, xayr, ey, togСlar.


Endi sizni qayta qucha bilmasman.
Inja diydoringiz endi oСzgadir.
Shamollar, siz bilan ucha bilmasman,
Chechaklar, endi siz menga beqadr.


Oshno kengliklarga tashlab jim nazar,
Tirqirab keladi koСzlarimga yosh.
Shamollar holimdan olganday xabar,
Bir lahza teppamda tinganday quyosh,


Ulardan nogahon tinglayman xitob:
Shoirim, sen qayga qaytmoq boСlibsan?
Kim seni badargСa qilmish, ber javob,
Sen nechun alvido aytmoq boСlibsan?


Oltin bolaliging oСtgan tuproqda
Nahot topilmasa senga bir madad?
Nahot onang ruhi qolmish yiroqda,
Nahot bobolaring qoСllamas minbaТd?


GoСzal bu dunyoga kelib ketmoqlik
Nahotki shuncha joСn, shunchalar oson?!
Yulduzlar shivirlar, dillari dogСlik:
Yo oСzga sir bormi? Aytgil, qadrdon!


YoСq, deyman va lekin sim-sim yigСlayman,
Qirq koСzgu keladi qarshimga bot-bot,
Dilbar kunlarimni bir-bir ilgСayman,
Misli oinaga boqqanday Farhod.


Endi qaytib kelmas u damlar sira,
Shul sabab dilda gСam, koСzlarimda yosh,
Qoldi qaylardadir yoshlik - bokira
Quduq tublariga choСkkanday quyosh.


Men koСrar endigi bu goСzal olam,
Sirli u damlarning mavhum soyasi.
Shul sabab qalbimni oСrtaydi alam,
Shul sabab gСamimning yoСq nihoyasi.


Hayajon bu - oСlim, kulfatdir - qoСshiq,
Qilt etgan shamoldan titramas yurak.
Unga endi na dard, na quvonch, na ishq,
Balkim toСngСib qolgan bir orom kerak.


Bir hovuch kul emish otash qismati,
Men ham yona-yona tindim nogahon.
Endi tillarimda vido hasrati,
Endi koСzlarimga tiyradir jahon.


Olam tin oladi, tinurman men ham,
Endi u sirlarin soСylamas ortiq.
Faqat derazamda bir qushcha begСam
Menga qoСshiqlarin etadi tortiq.


Hayot deb atalgan xush tilak bilan
Kechalar behudud oСyga tolurman.
Tosh qotgan, nogiron shu yurak bilan
MoСysafid quyoshni qarshi olurman.

 


SEN BAHORNI SOG'INMADINGMI

 

Uyg'onguvchi bog'larni kezdim,
Topay dedim qirdan izingni.
Yonog'ingdan rang olgan dedim -
Lolazorga burdim yuzimni,
Uchratmadim ammo o'zingni,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?

Uzoqlarda zalvorli tog'lar
Xayolimni keldilar bosib.
Kechdi qancha intizor chog'lar,
Vasling menga bo'lmadi nasib,
Sensiz men ham, bahor ham g'arib,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?

O'ngirlarda sakraydi ohu,
Na'matakda sa'va mittijon.
Qorliklardan sipqarilgan suv,
Daralarda uradi javlon.
Nigohimdan faqat sen pinhon,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?

Mana, bugun navro'zi olam,
Do'stlarimga gullar tutarman.
Qaylardasan, sevgili erkam...
Qo'limda gul, seni kutarman,
Umrim bo'yi chorlab o'tarman,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?




      O'ZBEKISTON

 

Yurtim, senga she'r bitdim bu kun,
Qiyosingni topmadim aslo.
Shoirlar bor, o'z yurtin butun -
Olam aro atagan tanho.
Ular she'ri uchdi ko'p yiroq,
Qanotida kumush diyori,
Bir o'lka bor dunyoda, biroq
Bitilmagan dostondir bori:
Faqat ojiz qalamim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.

 

Yurmasman hech behishtni izlab,
Topolmasam chekmasman alam.
O'tirmasman ertaklar so'zlab,
Musallo deb yo'nmasman qalam.
Ko'klamingdan olib sururni,
Dovrug' soldi ustoz Olimjon,
G'afur G'ulom tuygan g'ururni
Qilmoq mumkin dunyoga doston.
Olis tarix qadamim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.

 

Kechmishing bor chindan ham uzoq,
Ilg'ay olmas barchasin ko'zim.
Maqtamasman moziyni biroq,
O'tmishingni o'ylayman bir zum.
Zabtga olib keng Osiyoni,
Bir zot chiqdi mag'rur, davongir,
Ikki asr yarim dunyoni
Zir qaqshatdi Buyuk jahongir.
Aytgum, bu kun, u manim, manim.
O'zbekiston, Vatanim manim.

 

Bobolardan so'z ketsa zinhor,
Bir kalom bor gap avvalida.
Osmon ilmi tug'ilgan ilk bor
Ko'ragoniy jadvallarida.
Qotil qo'li qilich soldi mast,
Quyosh bo'lib uchdi tilla bosh.
Do'stlar, ko'kda yulduzlar emas,
U, Ulug'bek ko'zidagi yosh.
Erda qolgan, o, tanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.

 

Ko'z oldimdan kechar asrlar,
Ko'z-ko'z etib nuqsu chiroyin.
Sarson o'tgan necha nasllar,
Topolmasdan tug'ilgan joyin.
Amerika - sehrli diyor,
Uxlar edi Kolumb ham hali,
Dengiz ortin yoritdi ilk bor,
Beruniyning aql mash'ali.
Kolumbda bor alamim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.

 

Ko'p jahongir ko'rgan bu dunyo,
Hammasiga guvoh er osti.
Lekin, do'stlar, she'r ahli aro
Jahongiri kam bo'lar, rosti.
Besh asrkim, nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir she'r.
Temur tig'i etmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher.
Dunyo bo'ldi chamanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.

 

Bobolardan so'zladim, ammo
Bir zot borkim, baridan suyuk:
Buyuklarga baxsh etgan daho,
Ona xalqim, o'zingsan buyuk.
Sen o'zingsan, eng so'nggi nonin
O'zi emay o'g'liga tutgan.
Sen o'zingsan, farzandlar shonin
Asrlardan opichlab o'tgan.
Ona xalqim, jon-tanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.

 

Bosh ustingdan o'tdi ko'p zamon,
O'tdi Budda, o'tdi Zardushti.
Har uchragan nokasu nodon,
Ona xalqim, yoqangdan tutdi.
Seni chingiz g'azabga to'lib
Yo'qotmoqchi bo'ldi dunyodan.
Jaloliddin samani bo'lib
Sakrab o'tding Amudaryodan.
Sensan o'shal samanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.

 

Toleingda bor ekan yashash,
Goh qon ichding, gohida sharob.
Etmoq bo'lib yurtim xomtalash,
Bosh ustingga keldi inqilob.
Chora istab jang maydonidan
Samolarga uchdi unlaring,
Shahidlarning qirmiz qonidan
Alvon bo'ldi qora tunlaring.
Qonga to'lgan kafanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.

 

Lekin oftob poymol o'lmas,
Kavaklarda qolmas oy nuri,
Odil hakam - haq bor, beg'araz,
Mazlumlarning buyuk g'amxo'ri.
Qilich serpab tole tongida
O'zligingni tanib qolding sen.
O'g'lonlarning qatra qonida
O'zbekiston nomin olding sen.
Nomi qutlug' gulshanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.

 

Tinch turarmi bu ko'hna olam,
Tinch turarmi dog'uli zamon.
Oromingni buzdi sening ham
Fashist degan vahshiy olomon.
Qonim oqdi Danoigda manim,
Sobir Rahim yiqilgan chog'da.
Lekin, yurtim, kezolmas g'anim.
O'zbekiston atalgan bog'da.
Sensan nomus va sha'nim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.

 

Kech kuz edi, men seni ko'rdim,
Derazamdan boqardi birov.
U sen eding, o, dehqon yurtim,
Turar eding yalangto'sh, yayov.
- Tashqarida izillar yomg'ir,
Kir, bobojon, yayragil bir oz.
Deding: - Paxtam, qoldi-ku axir,
Yig'ishtiray kelmasdan ayoz.
Ketding, umri mahzanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.

 

Sen ketarsan balki yiroqqa,
Farg'onada balki, balqarsan.
Balki chiqib oqargan toqqa,
Cho'pon bo'lib gulxan yoqarsan.
Balki ustoz Oybekdek to'lib
Yozajaksan yangi bir doston.
Balki Habib Abdulla bo'lib,
Sahrolarda ochajakson kon.
Tuprog'i zar, ma'danim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.

 

Mayli, yurtim, kezsang ham dunyo,
Fazolarga qo'ysang ham qadam,
O'zligingni unutma aslo,
Unutma hech, onajon o'lkam.
Bir o'g'lingdek men ham bu zamon
Kechmishingni qildim tomosha.
Iqbolingni ko'roldim ayon
Istiqlolning ufqlari osha.
Iqboli hur, sho'x-shanim manim.
O'zbekiston, Vatanim manim.

 

Zavol ko'rma hech qachon, o'lkam,
Zavol bilmas shu yoshing bilan.
Muzaffar bo'l, g'olib bo'l, o'ktam,
Do'stu yoring, qardoshing bilan.
Asrlarning silsilasida
Boqiy turgay koshonang sening.
Ulug' bashar oilasida
Mangu yorug' peshonang sening.
Mangu yorug' maskanim manim,
O'zbekiston, Vatanim manim.



DUNYONI QIZG'ANMA


Dunyoni qizg'anma mendan, azizim,
Men sening ko'changdan o'tmasman zinhor.
Mening bu olamda o'z aytar so'zim
Va o'zim sig'inar mozorlarim bor.

 

Dunyoni qizg'anma mendan, azizim,
Sen ichgan buloqdan ichmasman aslo.
Sen yurgan tog'larda qolmagay izim,
Sen kechgan daryodan kechmasman aslo.

 

Dunyoni qizg'anma mendan, azizim,
Qalbingni yoqmasin shubha va so'roq,
Men o'zga manzilga tikkanman ko'zim,
U sening kulbangdan juda ham yiroq.



ONAJON

Onam Turdi Erdona Karvon qizi xotirasiga


Necha kunki yo`q oromim
Kelolmayman hushimga.
Onajonim kechalari
Kirib chiqar tushimga.

 

Qo`llarida oq elpig`ich
Oy nurida yaltirar.
Onajonim imlab meni
Qoshlariga chaqirar.

 

Keltirarlar goho beshik
Ko`zlarida hayajon.
Yotar payting bo`ldi-ku der,
Kela qol, der, bolajon.

 

Qaylargadir yuguraman,
Fig`onimdan chiqar dud.
Yig`lama, deb qo`llarimga
Tutqazarlar so`ng tobut.

 

Tongda ruhsiz ko`z ochaman,
Qovurilar tanda jon.
Onajonim, bunday qilma,
Bunday qilma, onajon.

 

Axir o`zing der eding-ku,
Silab o`ksuk boshimni:
- Endi senga bersin umr,
Senga bersin yoshimni.

 

Afsus, o`zing erta ketding,
Erta ketding olamdan.
Ukalarim bag`rim ezar,
Ajradik deb onamdan.

 

Bevaqt xazon bo`lmay har kim
Yoshab o`tsin dunyoda.
Onajonim, har kim oshin
Oshab o`tsin dunyoda.

 

Garchi fano har kimsaga
Azaliy bir qismatdir.
Lekin, ona, tiriklik ham
Bilsang, yarim hikmatdir.

 

Tushlarimda, mayli, boshim
Silab turgin, onajon.
Qolganlarga endi umr
Tilab turgin, onajon.

 

II

 

U kun chetda oh chekardim
G`ussalarning dastidan.
Sen otamga pul beribsan
Yostig`ingning ostidan.

 

Aytibsanki, onasizlik
Kelmasin hech o`yiga.
Sarf qilingiz, menga emas,
Abdullaning to`yiga.

 

O, o`g`lingga sen shafqatni
Bilarding-ku, onajon.
Bundan ko`ra bag`rim o`ysang
Bo`lardi-ku, onajon.

 

Zarragina rahm etgali
Sabring menga yo`qmidi?
Onajonim, bundan o`zga
Jabring menga yo`qmidi?

 

Yo`qmidi hech o`zga gaping, -
Nola qilib so`ylasang.
Nahot, axir so`nggi dam ham
Farzandingni o`ylasang.

 

Axir orzu qochib ketmas,
Bitkazar-ku tiriklar.
Onajonim, bir kunini
O`tkazar-ku tiriklar.

 

Unutilar g`ussalar ham,
Orzular ham cho`zar bo`y.
Onajonim, balki bir kun
Aytganingday bo`lar to`y.

 

Balki sening qabring uzra
Ko`karganda gul, chechak,
Ostonamga qadam qo`yar,
Sen istagan kelinchak.

 

Kimdir uning yo`llariga
Balki gul ham sochadi.
Balki munis opajonim
Kel, deb, quchoq ochadi.

 

Balki do`stlar davrasida
Kamim bo`lmas hech qachon.
Lekin seni o`sha damda
Qaydan topay, onajon.

 

III

 

Esimdadir, titrar edim -
G`amgin, bolish pastida.
Kitobimni ko`rdim nogoh
Boshginangning ostida.

 

Toshday qotdim o`shal oni
Bor toqatdan ayrilib.
- Shoir o`g`lim, - deding menga
Sekingina qayrilib.

 

Onajonim, so`ng bor menga
Nafas qilding u zamon.
Shoir bo`lgin, deya balki
Havas qilding u zamon.

 

Onajonim, balki men ham
Bir kun shavqqa to`larman.
Balki men ham aytganingday
Bir kun shoir bo`larman.

 

Kuylay desam hurmatingni
Ushbu kunda tilim lol.
Balki faqat shu sababli
Shoir bo`lsam ehtimol.

 

Balki sarson-arosatda
Qolib ketmas bu tanim,
Kamolimni ko`rar balkim,
Yurtim, ona Vatanim.

 

Payti kelib to`lar bir kun
Paymona ham beomon.
Kuzatarlar meni ham so`ng
Senga tomon, sen tomon.

 

Balki u kun boshim uzra
Do`stlar bosh ham egadir.
O`sha damgi iqbolim ham,
Onajonim, sengadir.

 

Dilda neki jur'atim bor,
Dilda neki hayajon,
Bari, bari senga bo`lsin,
Senga bo`lsin, onajon.

 

Senga bo`lsin bor hayotim,
Nomim, shonim bir yo`la.
Xotirangga ushbu she'rni
Yozdi o`g`ling Abdulla.


 

 


SHOIR YURAGI


O'tar bu ko'prikdan jamiki jonzod,
Chumolidan tortib fillar ham o'tar.
Sultonlar o'tadi goh shod, goh noshod,
Zanjirlarin sudrab qullar ham o'tar

.

Elchilarga o'xshab turfa zamondan,
Shaloq aravalar, "mers"lar o'tadi.
Ro'baro' kelishib ikki tomondan,
Bir-biriga tamom terslar o'tadi.

 

Suyishganlar o'tar suyab bir-birin,
Buzuvchilar o'tar, o'tar ustalar.
Hushyorlar o'tadi tejab ko'z qirin,
O'tadi emaklab piyonistalar.

 

O'tib borayotir ana juft guruh,
Biri sh'o'x, birovin ko'zlarida nam.
Yetaklab bormoqda birini shukuh,
Boshqa birovini yetaklagan g'am.

 

Oliftalar o'tar g'arib siyrati,
Botirlar o'tadi - qalbida o'tlar.
Beshiklar o'tadi - dunyo ziynati,
O'tadi lapanglab, vazmin tobutlar.

 

Muttasil bu yo'lda keladi to'qnash,
Nur bilan zulumot, o'lim va hayot.
Bu ko'prik olamning o'ziga o'xshash,
Bir farqi - sohibi ixtiyorsiz zot.

 

Ko'prik ostidagi jo'sh urgan daryo,
Suv emas - o'tganlar taxir ko'z yoshi.
Har neni ko'targan bir o'zi tanho,
Bor na ta'mirchisi, na bir yukdoshi.

 

Bu ko'prik, bu ko'prik qulasa agar,
Ne hislar qolardi sarson - sargardon.
Garchi qismatida bor qancha xatar,
Har nechuk bariga u balogardon...





Ketmoqdaman


Yaxshi qol, ey, dilbarim, dilda kadar, ketmoqdaman,
Ishq aro endi holim zeru zabar ketmoqdaman.

 

Na ishonchu na quvonchu na ko'ngildan gapni och,
Barchasidan ushbu kun yo'qdir samar, ketmoqdaman.

 

Men quyosh yuzlimga deb, tun-kechalar berdim yurak,
Oqibat otganda tong qondir jigar, ketmoqdaman.

 

Necha kunlar o'tdi, lekin so'rmading holimni bir,
Oxirida hol so'rab kelsang magar, ketmoqdaman.

 

Kelganimda dedilarki, bu yigit koni zarar,
Ketmagimdan, oxir ayt, bormi zarar, ketmoqdaman.

 

Bilmadim, hech bormikin asli dardimga shifo,
Xasta bu Abdulladan olgin xabar, ketmoqdaman.



SHAYTON


LaТnatlab boСlsa ham, qargСab boСlsa ham
Har kun tilovatda aytilar nomi.
Uning bosh suqmagan joyi kamdan-kam,
Ichilgan har qadah uning ham jomi...

 

Deydilar, norasta goСdakni hatto
Uyquda qitiqlab kuldirar emish.
Salgina gСaflatda qolsang mabodo
Qilmagan ishingni qildirar emish.

 

Shaytonning hunari chindan rang-barang,
Sallani paytava qilib oСratgay.
Agar sidqidildan koСrsatsa nayrang
Nodonni shoh qilib, yurtni soСratgay.

 

Minoda Shaytonni qildik toshboСron,
LaТnatga koСmildi badbaxt u lain.
Dedik, shuncha yukning ostidan Shayton
Ming yillar chiqolmay yotmogСi tayin.

 

Shodumon yoСl oldik Vatanga qarab,
Shayton qoldi, deya chuqurda-choxda.
Manzilga qaytgandik, Shayton, voajab,
Bizni kutib oldi tayyoragohda.




ALLOH DARGOHI

Necha ming musulmon tunu kun uygСoq,
KaТba atrofini tinmay aylanar,
Murodi tabarruk maskanni oСpmoq
Sajdaga har biri har zum shaylanar.

 

Olam ummon boСlsa, girdobi shu joy,
Olam osmon boСlsa, mehvari bunda
Milliard martabali jahon haynahoy
Kemadek qalqadi bitta toСlqinda.

 

Yer boСylab tariqday sochilgan inson,
Bir qushning oldiga kelib tizilmish.
Abasdir bu joyda millat, irq, lison
Zamin yoСriqlari bunda buzilmish.

 

Bu joyning bor erur na QorabogСi,
Na OСzgan, na OСshu FargСonasi bor
Allohning oСzidir yolgСiz charogСi,
CharogСning hisobsiz parvonasi bor.

 

Hatto nafrat mushti bunda tugilgay,
Axir yagonadir bu yerda maqsad.
SigСinsang gunohing duv-duv toСkilgay,
Iymonsiz bandaga yoСq lekin shafqat.

 

Shunchalik mukammal Alloh dargohi,
MagСfirat qil, deya dilni tigСladim.
Har yonda taralar moСminlar ohi,
To tongga qadarli yum-yum yigСladim.

 



XATO QILISHINGNI KUTARLAR


Shundaylar bor, senga lutf aylab,
Do'stman, deya qo'lin tutarlar.
Lekin har zum qadaming poylab,
Xato qilishingni kutarlar.

 

Xato qilsang, ularga bayram,
Yo'qsa, zahru zaqqum yutarlar.
Mayli, jindek, zarra bo'lsa ham,
Xato qilishingni kutarlar.

 

Xatolaring kerak ularga,
Shox-novdangni darhol butarlar.
Tag'in kunni ulab tunlarga,
Xato qilishingni kutarlar.

 

Axtarurlar hamisha illat,
Etti pushting go'rin titarlar.
Faqat unma, ulg'ayma faqat,
Xato qilishingni kutarlar.

 

Ular senga bir umr yo'ldosh,
Sodiq hamroh kabi o'tarlar.
Qabring uzra egsalar ham bosh,
Xato qilishingni kutarlar.





ARSLON CHORLAGANDI...
Erkin Vohidovga


Biz ham yuksaklarga tikkandik ko'zni,
Bizda ham bor edi matonat, bardosh.
Arslon chorlagandi qoshiga bizni,
Lekin qumursqalar bo'ldi safardosh.

 

Jami tiriklikka tanish shu xatar,
Qumursqa yaralgan yoppa talarga.
Do'stim, alam qilar, arslon bexabar,
Em bo'lib ketsak shu qumursqalarga.





OHU


Makoning bo'libdi tog'lar orasi,
Sensan go'zallikning asli, sarasi.
Ma'yus yuragingda ishqning yarasi,
Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon.

Daralar qo'ynida neni istarsan,
Nechun doim g'amgin, doim mustarsan.
Latif shijoating qayga qistarsan,
Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon.

 

Yo'q, sen axtarmassan tog'lardan makon,
Va na go'zalliging uchun shuhrat-shon.
Sayyod jabri senga bermaydi imkon,
Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon.

 

Qo'y, jonim, ko'zlaring to'lmasin yoshga,
Tongda oyog'ing qo'y baland bir toshga.
Seni quyosh o'zi ko'targay boshga,
Sen ham oshiqmisan yoki ohujon.



G`ANIM BO`LOLMASMIZ


G'anim bo'lolmasmiz ikkimiz sira,
Do'st ham bo'lolmasmiz balki hech qachon.
Balki emasdirsan sen ham bokira,
Balki emasdirman men ham pokdomon.

 

Ikkimiz uchun ham yolg'iz shu oftob,
Ikkimiz uchun ham yagona zamin.
Men ham sening uchun bitmadim kitob,
Sen ham shuhratimni etmassan ta'min.

 

Kimga nima kerak? Nechun soxta shon?
Nechun mangulikdan behuda talab?
Axir ikkimiz ham so'ng manzil tomon
Ketmasmiz dunyoning yukin orqalab.



MEN BORMAN

Bu ishq sirrin kitob etding, kitobing ichra men borman,
O'qurman deb xitob etding, xitobing ichra men borman.

 

Yarashgaydir, ajab, senga ajab nozu tamannolar,
Keturman, deb shitob etding, shitobing ichra men borman.

 

Yuzing hajri bilan oqqan labolab chashm selobin -
Ichurman, deb sharob etding, sharobing ichra men borman.

 

Umid uzgil, deding oshiq, muhabbat rishtasin uzgum,
Uzurman, deb azob etding, azobing ichra men borman.

 

Qayon qoldi o'shal so'zkim muhabbat ko'shkini, ey yor,
Tuzurman, deb sarob etding, sarobing ichra men borman.

 

Dilimda qolgan ushbu har na manzil kulbai ishqni -
Buzurman, deb xarob etding, xarobing ichra men borman.

 

Muhabbat gulshani ichra olib Abdullaning qalbin,
Chalurman, deb rubob etding, rubobing ichra men borman.



IKKI SONIYA


Uyda tinchi bo'lsin yigitning avval,
So'ngra butun bo'lsin do'stning imoni.
Inson Yuragini tilkalar azal,
Shu ikki narsaning buyuk armoni.

 

Biridan boshlanar shu yorug' olam,
Dunyoga qo'yilgay ostonadan ot.
Uydan boshi egik chiqdimi odam,
O'sha kun tor unga butkul koinot.

 

Yigitning bir umri do'st bilan butun,
Do'st bilan shirindir zaqqum hayoti.
Do'stdan pand egan chog' ne bor uning-chun!

Bad unga hattoki bor inson zoti.

 

Buyuk shiddat bilan jo'sharkan hayot,
Shu ikki narsaga biz goh beparvo,
Shu ikki soniya hamdam bo'lgan zot,
Mening nazarimda, eng aziz siymo.



SOG'INCH


Parchagina bulut,
Cheksiz osmon,
Adir ortidagi yolg'iz oyoq yo'l.
Barch tashvishlarni unutib, shodon,
Qaytgim kelayotir qoshingga butkul.

Qismat mayin ichdim - achchiq va taxir,
Tuydim ehtirosning samoviy kuchin.
Dunyoda odamzod yashamas, axir,
Faqat irodasin sinamoq uchun.

 

Parchagina bulut,
Cheksiz osmon,
Adir ortidagi yolg'iz oyoq yo'l.
Barch tashvishlarni unutib, shodon,
Qayta olsam edi qoshingga butkul.


 


Tilla baliqcha


Tuxumdan chiqdiyu keltirib uni

Shu loyqa hovuzga tomon otdilar

Tashlandiq ushoq eb o'tadi kuni

Xoru xas, xazonlar ustin yopdilar

 

Dunyoda ko'rgani shu tor hovuzcha

Va mudroq tollarning achchiq xazoni

Menga alam, qilar tilla baliqcha

Bir ko'lmak hovuz deb bilar dunyoni..

Keksa muhojir


Nega qadding egik, nega boshing ham,
Nega nigohingni tortadi tuproq?
Mening er ustida tanishlarim kam,
Mening er ostida doТstlarim koТproq.††††††††

†††††††††† 1986 y


Aql haqida


Shunchalar goТzalsan, goТzalsan, sanam,
TaТrifing bitmoqqa ojizdir qalam,
Bir yigit umrini obod etarding,
Aql ham berganda falak bokaram Е
†††††††††††††††††††††† 1986 y


QaldirgТoch

Deydilar, qaygadir oТt ketsa, albat,
Chumchuq xas tashirmish, qaldirgТoch-chi,
Balki, bu chumchuqning shaТniga tuhmat,
YongТin nimaligin, balki, bilmas u Е

 

Sen dunyu holiga nazar sol birpas,
Nazar sol koТzlardan oqqan yoshlarga.
Dunyosa kulbalar yonar har nafas,
U doim muhtojdir qaldirgТochlarga.

††††††††††††††††††††††† 1986 y


Sizni uchratguncha


Qay fursat sizni koТrdim banogoh,
Endi zarra hijron dilimni gТashlar.
Buncha yarashmasa oТzingizga, oh,
Munis tabassumi maТyus qarashlar.

Hech kimni hayratga solmas hech qachon
Mening yoningizda yoТgim yo borim.
Yo falak shuncha yil kezibman sarson,
Sizni uchratguncha, erka dilbarimЕ


1986 y



Taassurot

Tabiat kimga koТp yo oz beribdi,
Kimgadir xalachoТp yo soz beribdi,
Vo ajab, mana bu mashshoq gadoyga
Tengi yoТq shohona ovoz beribdi.
1987 y


 

Har gal ayomlarni Е


Har gal, ayomlarni aylarman tavob,
Garchand biri moddiy, oТzgasi sarod.
ShoТrlik ona zamin birlikka zor-ku,
Unga talpinish ham, demak, zoТr sanТat.
1987 y

 


Oqshomdan boshlangay Е

Oqshomdan boshlangay odatda tonglar,
Sukutdan uzilgay gulduros, bonglar.
Boshing egma sira, xoksor banda,
Erta ruhing topgay oily ohanglar.


1987 y

Mard boТlsang


Qadimdan bir gapni uqtirar hayot:
Mard boТlsang, oТz toТgТri yoТlingni qolma.
Uladigan boТlsang oТz goТringda yot,
Birovning mozorin egallab olma.


1987 y




Soch hah toТkilmoqda Е

Soch ham toТkilmoqda, omanatdir tish,
IzgТirin yurakka urayotir nish,
Bahorim betoТxtov qish tomon oТtdi,
Yoz, kuzni qisqartdi mashaqqat., tashvish
1988 y


 

Bir dono Е

Bir dono bazmini guvohi boТldim,
Shodumon davradaoТynadim, kuldim.
Bazmini boisin soТrasam, dedi:

Bugun men nodondan qochib qutuldim

Azaliy haq Е

Azaliy haq gapni yashirmoq nechun
Zavol yoТq eng asl isteТdod uchun.
Agarda koinot tegirmon boТlib
Olamni yanchsa ham, qolgay u butun




ZoТr armon

(Bir noshudning deganlari)

 

Hamma har narsaga erur ishqiboz,
Kimdir marka yigТar, kimdir it boqar.
Kimlarga qish yaxshi, kimlargadir yoz,
Menga esa faqat qarsaklar yoqar.

 

Osonmi, dunyoda yashadim qancha!
Qochib, pusib yurdim zamonlar oТtib.
Mana, savlatim bor yoshim ham ancha,
Va lekin oТrtandim qarsakni kutib.

 

Ajabo, xalq buncha boТlmasa oТjar,
Bunchalar xasis u oddiy qarsakka.
Nechun boshqalarni shon Ц shuhrat quchar,
Bu holdan figТonim chiqar falakka.

 

Ey, siz, studentlar, insof bormi hech,
Bunchalar shakkoksiz, bunchalar nodon?!
Siz qarsak chalyapsiz ikmga erta kech,
Men-chi, qolaverdim bir chetda nolon.

 

Garchand, baТzi joyda topdim eТtibor,
KoТksimda nelardir taratur ziyo.
Dashnom eshitdim-u umrimda koТp bor,
Qarsak tinglamadim nechundir also.

 

Dunyoni ishlari chindan notugal,
Siz uning xatosin bir bor tuzating,
DoТstlar, oТlgan chogТim, rahm eting bir gal,

Meni qarsak chalib goТrga uzating.


Savob

Avji saratonda hansirab, yonib,
Qovrilib olovli yoТllar taftida,
Muzdayin buloqdan suv ichgan qonib,
Hordiq olganmisan chinor tagida?

 

Ruhingni safoyu taningda mador,
Umidbahsh koТshiqlar kuylaganmisan?
OТsha payt, oТsha on hech qursa bir bor
Chinorni kim ekkan Ц oТylaganmisan?

 

RoТbaroТ kelding sen toshqin daryoga,
Qolding sohil uzra chorasiz, giryon,
Lekin yuliqqanday ajib roТyoga,
Qarshingda bir koТprik boТldi namoyon.

 

Bamisli uzala tushgan xor vujud,
KoТtargay u turfa insonlar korin.
OТtding sen daryodan salomat va but,
Lekin oТyladingmi koТproq meТmorin?

 

OТrmonlar bagТrida sayr etgan sayyoh,
Changalzor qoТynida sargardon ovchi,
MoТjaz boshpanani koТrdingmi nogoh,
Uni qoldirmishdir qay bir yoТlovchi.

 

Qoldirmish u senga qaro kun uchun,
Bir chimdim tuz bilan juft chaqmoq tosh.
OТylab koТrganmisan, bu himmat nechun,
OТylab koТrganmisan, kimdir u gТamdosh?

 

Ha, inson umrining kechmishi ajab,
Goh, toТngТar, goho u yashnar qulf urib Е
O, balki qaysi bir fidoyi sabab,
Yuribsan sen hayot nashТasin surib.

 

Ayt, axir oТzing ham to borsan sobit,
Kimsaha nasiba uzatganmisan?
KoТchangdan lapanglab oТtganda tobut,
Sen uni toТrt qadam kuzatganmisan?

 

Chorasiz bir inson uchragan damda,
Unsiz soТrogТiga qildingmi javob?
Ayt-chi, bilarmisan, yorugТ olamda
Bularning barchasi atalgay savob.

 

YoТq, yoТq, oТzga erur bidТat va karam,
Himmatu saxovat tiriklarga xos.
Bobolar betaТma qurgan dunyo ham
Asli savob uchun qolgan bir meros

 

Kimdir tuzar uni, kimdir buzadi,
KImdir borini ham qiladi barbod.
Kimdir taТma bilan dunyo kezadi,
Kimdir oТksuk dilni† etadi obod.

 

Savob deb ungraydi dunyomiz behold,
Zordir u najotbaxsh hislar sehriga.
Janglarda toliqqan majruh zot misol,
Suyanib yashar u inson mehriga.

 

To hayot ekanmiz savobga zormiz,
Yilt etgan shuТladan dillar fayziyob.
Goh gaТmgin, goh esa umidga yormiz,
YoТqolmasa deymiz dunyoda savob.

 

Axir uning bilan gullagay ochun,
Axir uning bilan umrlar shoyon.
Faqat savob borki, ajahon buc Цbutun,
Faqat savob borki, azizdir Inson!


Zamin aylanadi

Zamin aylanadi, chiqadi quyosh
Hargiz kibr bilan koТtarmagin bosh.
Oyoq ostingdagi xarsangni tepma,
Balki haykal boТlar senga oТsha tosh.
1982



Yashasang dunyoda ...

Yashasang dunyoda yorugТ yuz bilan,
Hurmat koТrguzsang va boТlsa izzating!
Ketsang, eslasalar shirin soТz bilan,
Yaxshi noming qolsa, qolsa xizmating.

 

GaТnim nafratingga kelolmasa bas,
Kulsang, sidqidildan yayrab kulolsang.
Dilda gТashlik boТlmay yashasang, xullas,
Baxtli odamlarday baxtli boТlolsang.


1983

 

 

BogТbon

Qashqadaryo degan soТz aytilgan chogТ,
Hanuz miyigТida kulguvchilar bor.
Emishkim, u erda noravodir bogТ
ToТrt tuyoq emishin oТylar chorvadir.

 

Mana paydo boТldi Temur Mirzolar,
Turfa chechaklarni oТstirgan inson.
Ne Цne bogТbonlar ham undan dars olar,
Mana, nimalarga qodir tirik jon.

 

Qarshi koТchasidan oТtsangiz magar,
Sizni kuzatadi ming Ц minglab charogТ
Qayoqdan kelmoqda bu hid muattar!
Bu Ц Temur Mirzolar barpo etgan bogТ

 

†††††††††††††††††††††††††††††††††† 1983


==========


∆уравли пот¤нули к югу.
¬ дальний путь ¤ ухожу.
√де ¤ встречу ее, подругу,
–оковую госпожу?

¬ шумном шелке ли, в звонких латах?
¬ кэбе, в блеске ль колесниц?
ѕод разлетом бровей крылатых
√де ты, ночь ее ресниц?

»ль полунощные бульвары
“опчет злой ее каблук?
»ли спр¤талс¤ локон ¤рый
ѕод монашеский клобук?

я ищу, подход¤ к театру,
» в тиши церковных стен-
Ќе »зольду, не  леопатру,
Ќе ћанон и не  армен!


—в¤тые √оры, 1 августа 1915



==========


ƒа, ¤ одна. ¬ час расставани¤
—иротство ты душе предрек.
ќдна, как в первый день создани¤
¬о всей вселенной человек!

Ќо, что сулил ты в гневе суетном,
“о суждено не мне одной, Ч
Ќе о сиротстве ль повествуют нам
ѕризнань¤ тех, кто чист душой?

» в том нет высшего, нет лучшего,
 то раз, хот¤ бы раз, скорб¤,
Ќе вздрогнул бы от строчки “ютчева:
Ђƒругому как пон¤ть теб¤?ї



==========


—нова на профиль гл¤жу ¤ твой крутолобый
» печально дивлюсь странно-близким чертам твоим.
—вершилос¤ то, чего не быть не могло бы:
Ќа пути на одном нам не было места двоим.

ќ, этих пальцев тупых и коротких сила,
» под бровью пр¤мой этот дико-недвижный глаз!
–аска¤ни¤, Ч скажи, Ч слеза оросила,
ќросила ль его, затуманила ли хоть раз?

Ќе оттого ли вражда была в нас взаимной
» страстнее любви и правдивей любви стократ,
„то мы двойника друг в друге нашли?
—кажи мне, Ќе себ¤ ли казн¤, казнила теб¤ ¤, мой брат?



==========


„то мне усмешка на этих жестоких устах!
¬се, чем живу ¤, во что безраздумно ¤ верую,
¬звесил, оценщик, скажи, на каких ты весах?
ƒушу живую какою измерил ты мерою?
«десь ли ты был, когда совершалось в тиши
ƒело души?



==========


ѕричуды мыслей вероломных
Ќе смог дух алчный превозмочь, Ч
» вот, из тыс¤чи наемных,
“обой дарована мне ночь.

“еб¤ учило безразличье
Ћихому мастерству любви.
Ќо вдруг, привычные к добыче,
ќбъ¤ть¤ дрогнули твои.

Ѕезумен взгл¤д, тоской задетый,
”грюм ревниво сжатый рот, Ч
ћен¤ терза¤, мстишь судьбе ты
«а опоздалый мой приход.



==========


Ќи утоленности, ни жажды
¬ истоме вашей не подстеречь.
 о всем приветны и взор и речь:
—оперник мне никто и каждый.

Ќо необещанным отрадам
 ак не предать мне мечты, когда
Ќе говорите ни нет, ни да,
Ќо рот целуете мне взгл¤дом?

ќ, нежные скупые руки,
 ак бережете свою вы лень...
Ќо под глазами густеет тень:
ќн будет Ч час любовной муки!



==========


“вои следы в отцветшем саду свежи, Ч
Ќе все, года, дыханьем своим смели вы!
¬ернись ко мне, на пройденный путь счастливый,
ѕечаль свою с печалью моей св¤жи.

ѕусть ¤ не та, что прежде, и ты не тот,
Ѕывалых дней порадуемс¤ удачам,
ј об ином, чего не сказать, поплачем, Ч
¬едь горечь слез о прошлом м¤гчит, не жжет.

ѕока закат твой ¤рый не стал томней,
ѕока с дерев ветрами убор не согнан,
ѕока твой взор, встреча¤сь с моим, так огнен,
¬ернись ко мне, любимый, вернись ко мне!


–ќЌƒќ

”жель конец? √лаза ненасытимы,
”ста мои ненасытимей глаз,
—ама судьба им указала вас,
Ќо лишь мгновенье пробыли одни мы.
”жель последним будет первый раз?
ћолчание Ч не тот же ли отказ!
я не молю, мой друг неумолимый,
Ќо как, тоску¤, не спросить хоть раз:
”жель конец?

¬ы, дл¤ других мне изменив проказ,
ќт уст моих к другим устам гонимы,
 ому сквозь смех ввер¤ете рассказ
ќ том, как друг вас любит нелюбимый?
”жель последний возвещен мне час?
”жель конец?



==========


ќн ходит с женщиной в светлом, Ч
ћне рассказали. Ч
ƒом мой открыт всем ветрам,
¬сем ветрам.

ќни Ч любители музык Ч
¬ дев¤ть в курзале.
—тан ее плавный узок,
“ак узок...

я вижу: туманный берег,
¬ час повечерь¤,
Ѕерег, холмы и вереск,
» вереск.

» р¤дом с широким фетром
Ѕелые перь¤...
—ердце открыто ветрам,
¬сем ветрам!


17 июн¤ 1915



==========


¬ земле бесплодной не взойти зерну,
Ќо кто не верил чуду в час жестокий? Ч
„то возвест¤т мне пушкинские строки?
—траницы милые ¤ разверну.

ќп¤ть, оп¤ть ЂЌенастный день потухї,
ќборванный пронзительным Ђно еслиї!
Ќе вс¤ ль душа мо¤, мой мир не весь ли
¬ словах теперь трепещет этих двух?

„ем жарче кровь, тем сердце холодней,
Ќе сердцем любишь ты Ч гор¤чей кровью.
я в вечности, обещанной любовью,
Ќе досчитаю слишком многих дней.

¬ глазах моих весель¤ не лови:
“а, треть¤, уж стоит меж нами тенью.
¬ душе твоей не вспыхнуть умиленью,
«алогу неизменному любви, Ч

¬ земле бесплодной не взойти зерну,
Ќо кто не верил чуду в час жестокий? Ч
„то возвест¤т мне пушкинские строки?
—траницы милые ¤ разверну.


јЋ ≈≈¬џ —“–ќ‘џ

» впр¤мь прекрасен, юноша стройный, ты:
ƒва синих солнца под бахромой ресниц,
» кудри темноструйным вихрем,
Ћавра славней, нежный лик венчают.

јдонис сам предшественниц юный мой!
“ы начал кубок, ныне врученный мне, Ч
  устам любимой приника¤,
ћыслью себ¤ веселю печальной:

Ќе ты, о юный, расколдовал ее.
ƒив¤сь на пламень этих любовных уст,
ќ, первый, не твое ревниво, Ч
»м¤ мое пом¤нет любовник.


3 окт¤бр¤ 1915